Salomatlik

Noyabr oyidan boshlab onkologik va gematologik bemorlarning davolanishga kelishlarida transport xarajatlari to‘lab beriladi

1-noyabrdan boshlab onkologik va gematologik bemorlarning respublika ixtisoslashtirilgan muassasalariga davolanishga kelishlari uchun transport xarajatlari mahalliy byudjetdan qoplab beriladi.

Noyabr oyidan boshlab onkologik va gematologik bemorlarning davolanishga kelishlarida transport xarajatlari to‘lab beriladi

 

Xabaringiz bor, Prezident joriy yilning 27 mayida “Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” qaror imzolangan edi. Unga ko‘ra, Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi tashkil etilishi belgilangan. 

 

 Vazirlar Mahkamasining “Gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ham bu markaz 2022 yil 1 yanvardan boshlab Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tarkibidan chiqarilib, mustaqil markaz sifatida faoliyat yuritishi ko‘rsatib o‘tilgan.

 

 

Shuningdek, mazkur qarorda 2021 yil 1 noyabrga qadar Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi Onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi hamda investisiya dasturlari doirasida tibbiy texnika va buyumlar bilan jihozlanishi aytilgan. Bu vazifani Investisiya va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda amalga oshirishi belgilangan.

 

Bundan tashqari 2021 yil 1 noyabrdan boshlab butun mamlakat bo‘ylab onkologik va gematologik bemorlarning hududlardan respublika ixtisoslashtirilgan markazlariga kelishda transport harajatlari tegishli mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi aytiladi. Bunda temir yo‘l va aviatransport vositalari nazarda tutilgan.

 

Ma’lumot uchun, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining Bolalar gematologiyasi va onkologiyasi bo‘limlari Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazining tashkiliy-metodik hududiy bo‘linmalari hisoblanadi. 

 

Markaz faoliyati jarayonlariga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyatini yuritish bilan bog‘liq amaldagi tartiblar tatbiq etiladi. 

 

Bundan avval O‘zbekistonga saraton kasalliklarini davolashda yordam berilishi haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Noyabr oyidan boshlab onkologik va gematologik bemorlarning davolanishga kelishlarida transport xarajatlari to‘lab beriladi | Zamon.uz