Sport

Messi Chempionlar ligasi o‘yinini o‘tkazib yuboradi... mi?

“PSJ” hujumchisi Lionel Messi Chempionlar ligasining 4-turi doirasida “RB Leypsig”ga qarshi o‘yinda qatnashmasligining sababi maʼlum bo‘ldi.

Messi Chempionlar ligasi o‘yinini o‘tkazib yuboradi... mi?

 

Xabarlarga ko‘ra, Messi chap sonidagi noqulaylik va jarohat tufayli hali ham og‘riqlarni boshdan kechirmoqda.  

 

Messi 31-oktabr kuni fizioterapevt bilan mashg‘ulotlarda alohida ishlagani xabar qilingandi. Klub uning 3-noyabr kuni “RB Leypsig”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishiga umid qilgan edi.

 

Eslatib o‘tamiz, Messi Fransiya chempionati 12-turidan o‘rin olgan “Lill”ga qarshi o‘yinda jarohat olgani tufayli almashtirilgandi.

 

Avvalroq “PSJ” Ikardini Agueroga almashtirmoqchiligi va Mbappening goli “PSJ”ga g‘alaba keltirgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov