Eng dolzarb

Muqaddam sudlangan “xonanda” va uning ikki sherigi yer olib beraman deb 300 ming AQSH dollar talab qildi

Firibgarlar Dehqonobod tumani o‘rmon xo‘jaligi hududidan 1000 gektar yer maydoni ajratilishida yordam berishlarini aytib, evaziga pul talab qilgan.

Muqaddam sudlangan “xonanda” va uning ikki sherigi yer olib beraman deb 300 ming AQSH dollar talab qildi

 

 

Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari firibgarlik bilan bog‘liq noqonuniy holatga chek qo‘ydi.

 

Maʼlum qilinishicha, xorijdan avtomashinalar olib kelib, sotish bilan shug‘ullanuvchi Toshkent shahrida yashovchi 1981-yilda tug‘ilgan shaxs Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida joylashgan fermer xo‘jalik rahbari bilan kelishgan holda, o‘zganing ishonchiga kiradi. Ushbu xo‘jalikning 16,5 gektar sug‘oriladigan yerini uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 600 ming AQSH dollari talab qilgan. Ular bu ishga 1987 yilda tug‘ilgan shaxsni ham jalb etgan.

 

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida firibgarlar so‘ralgan pulni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo'lga olindi.

 

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida yashovchi, 1963 va 1975-yillarda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan shaxsga “kovrak” o‘simligi yetishtirishi uchun Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani o‘rmon xo‘jaligi hududidan 1000 gektar yer maydoni ajratilishida yordam berishlarini aytgan. Evaziga esa 300 ming AQSH dollari talab qilgani maʼlum bo‘ldi.

 

 

Maʼlumot uchun: Kovrak yer yuzida 170 dan ziyod turi mavjud. O‘rta Osiyoda 110 dan ortiq, yurtimizda esa 50 turi uchraydi. Kovrak yelimi tabobatda baʼzi asab kasalliklarida talvasaga qarshi vosita tariqasida, shuningdek, gijja haydaydigan dori sifatida qadimdan ishlatib kelingan. Bronxial astma, sariq kasalligi, ko‘k yo‘tal, sil, zaxmda foydalaniladi.

 

Tergovoldi surishtiruv davomida ular ushbu noqonuniy ishni o‘zini go‘yoki O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi inspektori deb tanishtirgan, 1988-yil Qarshi shahrida tug‘ilgan, hozirda Toshkent shahrida istiqomat qilib, aslida, xonandalik bilan shug‘ullanuvchi, muqaddam sudlangan shaxs bilan 80 ming AQSH dollari evaziga hal qilishga o‘zaro kelishib olganliklari aniqlandi. Tezkor tadbirda Toshkent shahrida dastlabki 24 ming AQSH dollarini olgan vaqtida u ham ushlandi.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq zaxiradagi yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlangani, Surxondaryoda 13 ming dollar evaziga issiqxona qurib berishni vaʼda qilgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, Bo‘stonliq tumanida 5 gektar yerni 150 ming AQSH dollarga olib berishni vaʼda qilgan shaxs qo‘lga olingani hamda DXX tomonidan noqonuniy yer sotish holatlarining oldi olingani haqida xabar berilgandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Muqaddam sudlangan “xonanda” va uning ikki sherigi yer olib beraman deb 300 ming AQSH dollar talab qildi | Zamon.uz