Eng dolzarb

Parkent tumanida xonadonda sherlar boqilayotgani aniqlandi (video)

Xonadon egasining maʼlum qilishicha, sherlarning barcha hujjati joyida. Biroq...

Parkent tumanida xonadonda sherlar boqilayotgani aniqlandi (video)

 

Toshkent viloyati Parkent tumanidagi xonadonda sherlar boqilayotgani haqida xabar tarqaldi.  Bu haqda “ekologuz” kanali xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, “Mehr va oqibat” hayvonlarni himoya qilish nodavlat notijorat tashkiloti hamda Parkent tuman Ekologiya boshqarmasi vakillari ushbu xonadonga borgan.

 

Aniqlanishicha, bu yerda haqiqatdan ham ikkita sher (erkak va urg‘ochisi) va ularning bolasi tor, qorong‘i, yerto‘lasimon joyda saqlanmoqda. Bolasining bir ko‘zi esa parda bilan qoplangan bo‘lib, ota-onasidan ajratib olingan.

 

 

Xonadon egasining maʼlum qilishicha, sherlarning barcha hujjati joyida. Ularni Andijon hayvonot bog‘idan sotib olgan va ayni paytda Krasnogorskda xususiy hayvonot bog‘i ochishga harakat qilmoqda. Ammo maʼlumotlarga ko‘ra, hali bog‘ga yer ajratilmagan. Sherlar 2 yildan buyon qorong‘i joyda saqlab kelinmoqda.

 

 

Eslatib o‘tamiz, Zamon.uz saytida uyida sher bolalarini boqib, katta biznes qilayotgan yigit haqida videolavha berilgandi.

 

Maʼlumot uchun:

 

Hayvonlar  huquqlari Yevropa hayvonlarni himoya qilish konvensiyasida mustahkamlab qo‘yilgan. Unga ko‘ra:

1. Hech kim hayvonga keraksiz og‘riq, azob yoki zarar yetkazishga haqli emas.

2. Uy hayvonini qarovsiz tashlab ketishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Hayvonlar salomatligiga alohida eʼtibor qaratish zarur. Hatto uysiz hayvonlar ko‘payishi muammoli muhitni yaratsa ham, konvensiyaga binoan, ularni ruhiy stressga olib kelmasdan qo‘lga olish kerak. Faqat veterinar yoki boshqa malakali odamlar zarurat tug‘ilganda hayvonni bo‘g‘ib o‘ldirishi, cho‘ktirishi yoki boshqa shafqatsiz choralar ko‘rmasdan evtanaziya (o‘ldirish) qilishi mumkin.

 

Avvalroq Jizzaxda it ovlov brigadasi 7 ta itni otib tashlagani hamda mushukni kaltaklagan bolaning onasi jarimaga tortilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Parkent tumanida xonadonda sherlar boqilayotgani aniqlandi (video) | Zamon.uz