Toshkent – Buxoro yo‘nalishida harakatlangan “Afrosiyob” poyezdi nega yo‘lda to‘xtab qoldi?
"O‘zbekiston temir yo‘llari" holat yuzasidan izoh berdi.

Joriy yilning 3-noyabr kuni Toshkent – Buxoro yo‘nalishidagi reysda harakatlangan “Afrosiyob” poyezdi yo‘lda to‘xtab qoldi.
Qayd etiliishicha, 3-noyabr kuni soat 22:23 da Toshkent – Buxoro yo‘nalishidagi 766-sonli reysda harakatlangan “Afrosiyob” poyezdi rejadan tashqari safar davomida 4 daqiqaga to‘xtab qolgan.
Mazkur holat bort tizimidagi nosozlik tufayli yuzaga kelgan. Poyezd mashinistlari bortdagi barcha qurilmalarni boshqarish tizimini to‘liq qayta ishga tushirgan.
"Aynan shu vaqtda yo‘lovchilar tomonidan olingan videoda: "Bizda tezyurar “Afrosiyob”da ham svet o‘chadi" deya kinoya fikr yuritdilar. Bort tizimi qayta ishga tushirilgach, poyezd o‘z yo‘lida davom etdi va “Buxoro” temiryo‘l vokzaliga yetib bordi", — deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, zamonaviy, yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar harakatni tashkil qilish bilan bog‘liq barcha xavfsizlik talablari hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan.
Maʼlumot uchun: Ispaniya (Patentes Talgo S.L.U.) da ishlab chiqarilgan zamonaviy yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlari harakatini tashkil qilish bilan bog‘liq barcha xavfsizlik talablari hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Afrosiyob" poyezdining qo‘shimcha reyslari yo‘lga qo‘yilishi, Toshkent — Shahrisabz — Toshkent yo‘lovchi poyezdining harakat jadvali o‘zgargani, temir yo‘lda uxlab qolgan shaxs poyezd va kesishmadagi avtomobillar harakati to‘xtashiga sabab bo‘lgani hamda “Afrosiyob” poyezdi harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritilgani to‘g‘risida xabar bergandik.







