Salomatlik

Zamburug‘li teri kasalliklari kuz mavsumida avj oladi

Shaxsiy gigiyenaga rioya qilmaslik turli kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Zamburug‘li teri kasalliklari kuz mavsumida avj oladi

 

Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori o‘rinbosari Ilhom Rahimov SSV  rasmiy saytida zamburug‘lar sabab odam organizimida paydo bo‘ladigan kasalliklar haqida maʼlumot berdi.

 

Mutaxassisining aytishicha, oyoqlarning anatomik nuqsonlari (yassitovonlik yoki oyoqlar orasi burmalarining torligi), baʼzi hollarda noqulay va havo o‘tkazmaydigan sintetik poyabzallarni kiyish, oyoqlarning uzoq vaqt noqulay sharoitda bo‘lishi zamburug‘li kasalliklar paydo bo‘lishi uchun qulaylik yaratadi. Oyoq mikozi bilan og‘rigan bemorlar va zamburug‘lar bilan zararlangan buyumlar kasallik manbai hisoblanadi. Kasallik asosan shaxsiy gigiyenaga ahamiyat bermaydigan kishilarga yuqadi.

 

— Oyoq panjasi ko‘p terlashi, ishlab chiqarish omillarining taʼsiri, qon-tomir va endokrin tizimida uchraydigan patologik o‘zgarishlar, onkologik va immuntanqislik bilan kechuvchi kasalliklar oyoq mikozi va boshqa zamburug‘li kasalliklar rivojlanishiga qulay sharoit tug‘diradi. Kasallik boshlanishida teri qichishadi, qizarishi mumkin, quruqlashadi, qipiqchalar yuzaga keladi yoki suvsiraydi va aniq chegaralangan dog‘lar paydo bo‘ladi. Kasallik davolanmasa, vaqt o‘tishi bilan qo‘l yoki oyoq tirnoq plastinkalariga o‘tishi mumkin. Bunda tirnoq plastinkalari qalinlashadi, uvalanadi, rangi o‘zgaradi, yuzasi g‘adir-budur bo‘lib qoladi. Baʼzi hollarda tirnoq plastinkasi ko‘chishi holatlari ham kuzatilishi mumkin.

Agar ushbu holat davolanmasa, kasallik yillab davom etadi va bu davr ichida bemor zamburug‘ infeksiyasini boshqalarga yuqtirishi mumkin — deydi mutaxassis.

 

Shuningdek, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga kandida zamburug‘lari kandidozli vulvovaginit bilan og‘rigan bemor onadan tug‘ilish davrida o‘tishi yoki ona va tibbiyot xodimlarining zararlangan qo‘llari orqali, yaʼni ular shaxsiy gigiyenaga rioya qilmagani sababli bolaga kasallikni yuqtirib qo‘yishlari mumkin ekani haqida ham maʼlumot bergan. 

 

Ayni vaqtda zamonaviy tekshiruvlar orqali teri xastaliklari tezkorlik bilan aniqlanmoqda  Shifokor nazoratida qunt bilan muolaja olinsa, bemor darddan hech bir asoratsiz forig‘ bo‘ladi.

 

Bundan avval bolalar orasida pnevmoniyaga chalinish holatlari ko‘p uchrayotgani  hamda Namanganda tibbiyotni yaxshilashga qaratilgan rejalar eʼlon qilingani  haqida xabar berilgandi.

 

Munojat Valiyeva

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Zamburug‘li teri kasalliklari kuz mavsumida avj oladi | Zamon.uz