Toshkent shahrining qator hududlarida ichimlik suvi bilan bog‘liq uzilishlar kuzatilmoqda
Holat yuzasidan "Toshkent shahar suv taʼminoti" MCHJ munosabat bildirdi.


"Toshkent shahar suv taʼminoti" MCHJ axborot xizmati xabariga ko‘ra, poytaxt aholisining asosiy qismini ichimlik suvi bilan taʼminlovchi “Qodiriya” bosh suv inshootida yuqori kuchlanishli elektr taʼminotida nosozlik sababli nasos agregatlarida o‘chish holati yuzaga keldi.
"Hozirgi vaqtda elektr taʼminoti qayta tiklandi, ichimlik suv gidravlik rejimini tiklash bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilmoqda. 2-3 soatda Toshkent shahri suv taʼminoti o‘z maromiga qaytadi" — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar issiqlik taʼminotini Fransiyaning “Veolia” kompaniyasiga 30 yilga boshqaruvga berilgandi.
Avvalroq Toshkentda ichimlik suvi vaqtincha to‘xtatilgani, Toshkentning qator mavzelarida issiq suv taʼminoti vaqtincha o‘chirilishi hamda Toshkentda vaqtincha suvsiz qoladigan hududlar soni oshgani haqida xabar berilgandi.







