Sport

Antonio Konte: “Men faqat mehnat orqali yuksak maqsad va natijalarga erishish mumkinligini bilaman”

“Tottenxem” bosh murabbiyi Antonio Konte Konferensiya ligasi guruh bosqichining 4-turida “Vitess”ga qarshi o‘yin xususida fikr bildirdi:

Antonio Konte: “Men faqat mehnat orqali yuksak maqsad va natijalarga erishish mumkinligini bilaman”

 

“Menimcha, nafaqat jamoa, balki har bir futbolchi bilan qattiq ishlashimiz kerak. Buning uchun, albatta, ham sabr, ham taktika lozim. Bundan tashqari futbolchilar mening talab va maqsadlarimni tushunishlari darkor. Ishdan qo‘rqmayman, chunki men faqat mehnat orqali yuksak maqsad va natijalarga erishish mumkinligini bilaman”.

 

Eslatib o‘tamiz, 5 noyabr kuni Konferensiyalar ligasining 4-turi doirasida “Tottenxem” va “Vitess” jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. O‘yin Londondagi “Tottenxem” stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 3:2 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi. Bu o‘yin Konte uchun “shporlar” bosh murabbiyi rolidagi birinchi uchrashuv bo‘ldi.

 

Avvalroq Konte “Qizil iblis”larni boshqarmoqchi ekanligi va Xavi “Barselona”ga bosh murabbiyi bo‘lishga rozilik bergani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Antonio Konte: “Men faqat mehnat orqali yuksak maqsad va natijalarga erishish mumkinligini bilaman” | Zamon.uz