Siyosat

Boku shahrida O‘zbekistonning milliy sanoat ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-noyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Boku shahrida O‘zbekistonning milliy sanoat ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

 

 

Suhbat avvalida Ozarbayjon Prezidenti davlatimiz rahbarini mamlakatimizda o‘tgan Prezident saylovida ishonchli g‘alaba qozongani bilan samimiy qutlab, O‘zbekiston xalqining farovonligi va ravnaqini taʼminlash borasidagi faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi.

 

O‘zbekiston yetakchisi, o‘z navbatida, Ozarbayjon rahbari va birodar xalqini yaqinlashib kelayotgan milliy bayram – G‘alaba kuni bilan samimiy muborakbod etib, tinchlik-osoyishtalik va bardavom taraqqiyot tilaklarini izhor etdi.

 

O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

 

Yetakchilar o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari barqaror surʼat bilan o‘sayotgani, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo‘shma loyihalar soni ortayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar. Joriy yilda Xojiqabul shahrida avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani, qishloq xo‘jaligi va ipakchilikda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli kooperatsiyaga misol ekani taʼkidlandi.

 

Kelgusi oyda Boku shahrida O‘zbekistonning milliy sanoat ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

 

Transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlik, shu jumladan poytaxtlar o‘rtasidagi aviaqatnovlarni tiklash masalalari ko‘rib chiqildi.

 

O‘zbekiston va Ozarbayjon hududida qo‘shma madaniy-gumanitar tadbirlarni muntazam o‘tkazib turish muhim ekani qayd etildi.

 

Prezidentlar mintaqaviy hamkorlikning eng muhim jihatlari, shu jumladan Turkiy kengashning bo‘lajak sammiti kun tartibi yuzasidan fikr almashdilar. Oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi.

 

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev AQSH kongressmenlarini qabul qilgani, Turkiya Respublikasi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qilgani, O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari mintaqaviy hamkorlik masalalarini muhokama qilgani hamda Germaniya Federal Kansleri Angela Merkel bilan telefon orqali suhbatlashgani haqida xabar berilgandi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Boku shahrida O‘zbekistonning milliy sanoat ko‘rgazmasi o‘tkaziladi | Zamon.uz