So‘nggi 9 oy davomida mahalliy farmatsevtikadagi eksport va o‘zlashtirilgan investitsiya mablag‘lari ochiqlandi
Mahalliy farmatsevtikada qiymati 244,7 milllard. so‘mga teng 6 ta yirik ishlab chiqarish loyihasining ishga tushirilishi 252 ta yangi ish o‘rni yaratilishiga asos bo‘ldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida agentlik tomonidan so‘nggi 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Unga ko‘ra, , joriy yil yurtimizdagi mahalliy farmatsevtika korxonalari tomonidan qiymati 1,86 trillon. so‘mlik farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarilib, 113,4 foizlik o‘sish ko‘rsatkichlari taʼminlandi https://t.me/ssvuz.
Shuningdek, Investitsiya dasturining 29 ta loyihasi doirasida 500,9 milliard. so‘m, jumladan, 18,6 millon. dollar miqdorida xorijiy investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirildi. Bundan tashqari, 48,05 mln. dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirildi. Bu rejalashtirilgan ko‘rsatkichlarga nisbatan 121,7 foizni tashkil etadi.
Shu bilan birga, zamonaviy dori vositalarini ishlab chiqarishni dunyo standartlari asosida tashkil qilishni yo‘lga qo‘yish uchun respublikamizda xalqaro amaliyot va ilg‘or tajribalar bilan uyg‘unlashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi asoslari ishlab chiqildi hamda kitob va elektron manba sifatida soha mutaxassislari foydalanishi uchun taqdim qilindi.
Mazkur nashr 2 qismdan iborat, 5 ta bob, 335 ta bo‘limni o‘z ichiga olgan, o‘zbek va rus tillarida jami 2466 sahifada jamlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ayrim tibbiy buyumlar ishlab chiqarish uchun litsenziya talab qilinmasligi, farmatsevtika sanoatida zarur amaliyotlar markazi tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.
Shuningdek, O‘zbekistonda farmatsevtikaga ixtisoslashgan yangi universtet tashkil etilishi xaqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







