Messining “Oltin to‘p” olgani mutlaqo yolg‘on va bemaʼnilik — Paskal Ferret
“France Football” jurnali bosh muharriri Paskal Ferret “PSJ” hujumchisi Lionel Messi “Oltin to‘p”ni olishi haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

Bundan avval argentinalik futbolchi sovrinni qo‘lga kiritgani haqida xabarlar tarqalgandi.
“Darhaqiqat, oxirgi 10 kun ichida shunday gap-so‘zlarni eshitdik. Lekin bu mutlaqo yolg‘on va bemaʼnilik.” — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Messi Argentina terma jamoasi bilan Amerika kubogini qo‘lga kiritdi. “Barselona” bilan La Liganing eng yaxshi to‘purariga aylandi. Ispaniya chempionatida 30 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, “Oltin to‘p” 29 noyabr kuni Parijda topshiriladi.
Avvalroq Ramosning “PSJ”dagi debyuti yana qoldirilgani va La Liganing ikki klubi bosh murabbiysiz qolgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







