Salomatlik

Uyda simobli termometr sinib qolsa nima qilish kerak?

Simobning kimyoviy nomi Merkuriy bo‘lib, u og‘ir metall sanaladi. Modda I xavflilik sinfiga kiradi.

Uyda simobli termometr sinib qolsa nima qilish kerak?

 

Texnologiyalar rivojlanishiga qaramay, aholining katta qismi tana haroratini o‘lchash uchun simob termometrlaridan foydalanadi. Bu asbobni deyarli har bir uyda uchratish mumkin. U haroratni o‘lchash uchun ham arzon, ham qulay.  Shu bilan birga,  eng xavfli uskuna ham.

 

 

Nima uchun u xavfli? Simob tashqariga chiqib ketsa nima bo‘ladi?

 

Ushbu termometrlar shishadan iborat bo‘lib, simob bilan to‘ldiriladi. Qurilma ichi mutlaq vakuumdan iborat, havo yo‘q. Agar u sinsa, katta xavf paydo bo‘ladi. Xavf  kichkina oyna emas, balki simobning o‘zi.

 

Simob asosan tibbiyot, mexanika va metallurgiyada qo‘llaniladi. Ushbu metall maxsus xususiyatlarga ega. Masalan, u havo harorati +18 daraja bo‘lsa ham bug‘lana boshlaydi. U garchi eng kuchli zahar sanalsa-da, hech qanday hid chiqarmaydi. Bug‘i odam organizmiga kirsa katta xavf soladi. 80 foiz simob tanaga bug‘ orqali kirib, qonga so‘riladi va oqsil moddalariga birikib, organizmda harakatlanadi.

 

Jigar, buyrak, taloq va miya to‘qimalariga yig‘iladi, bosh miya funksiyasining buzilishi (birinchi navbatda gippotalamus)ga olib keladi. Bitta termometrdagi simob 10 kishini zaharlash uchun yetadi. Simob moddasi organizmdan buyrak, ichak, ter chiqaruvchi bezlar orqali chiqib ketadi.

 

 

Simob qanday yig‘ib olinadi?

 

Simob to‘plari shu qadar kichikki, baʼzida ularni topib bo‘lmaydi. Agar termometr sinsa, birinchi navbatda, deraza oynalari va eshiklarni ochib, xonani shamollatish kerak.  Simob moddasining bo‘lingan sharchalari tibbiyot shpritsi, qog‘oz kurakchasi yoki yumshoq tozalagich (shyotka) yordamida yig‘ib olinadi. Yig‘ib olingan simob moddasini germetik shisha idishga joylashtirish zarur.

 

Mexanik tozalashdan so‘ng kimyoviy zararsizlantiriladi. Yaʼni, kaliy permanganat (margansovka (KMnO4)) kukunidan 1 litr suvga 1 g. miqdorida qo‘shilib, 0,5 foizli serniy oltingugurt kislotasi (HCL) aralashmasini tayyorlab, simob to‘kilgan maydon zararsizlantiriladi. Zararsizlantirishdan keyin pol yoki mebel buyumlarda qoramtir rang qolgan bo‘lsa, uni 3foizli vodorod periksi (H2O2 3 foiz) yordamida tozalash mumkin.

 

Maftuna Rejabboyeva

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"