Eng dolzarb

COVID-19‘ga qarshi emlangan mehnat migrantlari Rossiyaga yuborish pilot loyihasi boshlandi

Rossiyaning 40 nafar tibbiyot xodimi O‘zbekistonga yetib keldi.

COVID-19‘ga qarshi emlangan mehnat migrantlari Rossiyaga yuborish pilot loyihasi boshlandi

 

Xabaringiz bor, joriy yilning sentabr oyida Rossiya Federatsiyasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri o‘rinbosari Andrey Pudov boshchiligida Qurilish va uy-joy xo‘jaligi, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Rostrud, Moskva hukumati hamda “Roskapstroy”, “Nostroy”, “Naymiks”, “Almas-integral”, "PIK Industriya", "Reneyssans Xevi Indastris", “Yandeks” kabi yirik ish beruvchi korxonalar vakillaridan iborat delagatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. 

 

O'zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasiga yuborish bo‘yicha pilot loyihasi boshlandi.

 

Maʼlumot uchun: ushbu loyiha doirasida nomzodlarni ishga jalb qilish bilan bog‘liq, jumladan, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, emlash, rus tili, Rossiya qonunchiligi bo‘yicha imtihon topshirish, patent rasmiylashtirish va transport xarajatlari ish beruvchilar tomonidan qoplanadi.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayevning xabar qilishicha, 10 ming nafar fuqaroni Rossiya Federatsiyasiga tashkiliy tarzda ishga jo‘natish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida tibbiy asbob-uskunalar bilan Rossiyaning O‘zbekistonga keldi.

 

Endilikda Rossiya hududida ishlash huquqini beruvchi patent olishda talab etiladigan tibbiy ko‘rik Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Toshkentda o‘rnatilgan tibbiy asbob-uskunalar yordamida yurtimizda amalga oshiriladi.

 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi hududida mehnat faoliyatini olib borish istagida bo‘lgan fuqarolarni emlash va koronavirusga qarshi test topshirish jarayonlarini ikki davlat mutaxassislari tomonidan Rossiya tomoni tibbiy uskunalari yordamida birgalikda O‘zbekistonda amalga oshirish hamda ularning natijasi bo‘yicha tibbiy maʼlumotlarni "COVID-19'siz sayohat" ilovasi tizimiga integratsiya qilinadi.

 

Avvalroq Rossiya O‘zbekistonning 150 ming fuqarosiga mamlakatga kirishga qo‘yilgan taqiqni olib tashlagani, o‘zbekistonlik quruvchilarni Rossiyada “kosmik istiqbollar” kutayotgani, migratsiya to‘g‘risida yagona hujjat joriy etilgani hamda migrantlarga maxsus chipli plastik kartalar tarqatilgani haqida xabar berilgandi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

COVID-19‘ga qarshi emlangan mehnat migrantlari Rossiyaga yuborish pilot loyihasi boshlandi | Zamon.uz