Prezidentimiz sportchilarni Parij Olimpiadasiga tayyorlash bo‘yicha qaror imzoladi
Fransiyaning Parij shahrida 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan 33 yozgi Olimpiya va 17 Paralimpiya o‘yinlariga o‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida Prezident qarori imzolandi.

Unga ko‘ra, Olimpiya o‘yinlari bo‘yicha 244 ta dasturda ishtirok etish hamda 26 ta sport turlari bo‘yicha 103 ta litsenziyani, shu jumladan, 8 ta istiqbolli Olimpiya sport turlari bo‘yicha (badminton, stol tennisi, qoyani zabt etish, suv polosi, sinxron suzish, suvga sakrash, ot sporti, triatlon) 31 ta dasturda ishtirok etish va litsenziyalarni qo‘lga kiritishni, Paralimpiya o‘yinlari bo‘yicha 476 ta dasturda ishtirok etish hamda 12 ta sport turlari, shu jumladan, bochcha, parastol tennisi, parakamondan otish, paravelosport bo‘yicha jami 105 ta litsenziyani qo‘lga kiritishni nazarda tutadi.
Jamshidbek Amirov







