Siyosat

Xususiylashtirish jarayonlari bo‘yicha vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 noyabr kuni davlat obyektlarini xususiylashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Xususiylashtirish jarayonlari bo‘yicha vazifalar belgilandi

 

 

Iqtisodiyotda davlat ishtiroki kamaytirilib, xususiy tadbirkorlik rivojiga keng o‘rin berilmoqda. 2021-2022 yillarda davlat ulushi bo‘lgan korxonalar sonini kamida 3 barobar qisqartirish rejalashtirilgan. Joriy yilda 4 trillion 500 milliard so‘mlik 619 ta davlat aktivi sotilgan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish marosimida Shavkat Mirziyoyev davlat korxonalarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish iqtisodiyotni isloh etishning ustuvor vazifalaridan biri bo‘lishini aytgan edi.

 

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yig‘ilishda shu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. 

 

Davlatimiz rahbari xususiylashtirishning yangi usullarini joriy etish va uning barcha bosqichlarida ochiq-oshkoralikni taʼminlash eng asosiy masala ekanini taʼkidladi.

 

 

Xususiylashtirilayotgan korxonalarning moliyaviy barqarorligi va investitsion jozibadorligini oshirish muhimligi qayd etildi. Shu maqsadda, nufuzli xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda, yirik tarmoq korxonalarini xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

 

 

Shuningdek, strategik korxonalar boshqaruviga xalqaro malakaga ega menejerlarni jalb qilish zarurligi aytildi. Qiymati 10 million dollardan yuqori bo‘lgan aktivlarni sotish jarayonida takliflarni qabul qilish va ularni baholash mustaqil xorijiy konsultant tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.

 

Sohada kelgusi yilga mo‘ljallangan vazifalar ham ko‘p. Jumladan, 32 ta yirik davlat aktivini sotish, “O‘zsanoatqurilishbank”ni xususiylashtirish, davlat korxonalarining 368 ta nosohaviy va samarasiz aktivlarini savdoga chiqarish rejalashtirilgan. Hududlarda 770 ta aktiv sotishga tayyorlangan. Bular orqali byudjetga qariyb 10 trillion so‘m tushum taʼminlanishi ko‘zda tutilgan. Mutasaddilarga shu boradagi ishlarni jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

Prezidentimiz davlat korxonalariga strategik investorlarni jalb qilish, faqat mavjud quvvatlarni ishlatish bilan cheklanmasdan, korxonalar faoliyatini kengaytirish zarurligini taʼkidladi.

 

Misol uchun, “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati negizida uchta alohida korxona tashkil etgan holda, “kimyo sanoati klasteri” faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu klaster infratuzilmasini boshqarish uchun tajribali xususiy operator jalb qilinadi.

 

Davlatimiz rahbari investorlar sarmoya kiritish bilan birga yangi loyihalar taklif qilishi, zamonaviy bilim va texnologiyalarni olib kelishi muhimligini taʼkidladi.

 

Mutasaddilarga, shularni inobatga olgan holda, 2022-yil uchun xususiylashtirish dasturini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat byudjeti loyihasi muhokama qilingandi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Xususiylashtirish jarayonlari bo‘yicha vazifalar belgilandi | Zamon.uz