Yakkabog‘ tumani hokimining 311 million so‘mlik “Captiva”si YTHga uchradi
YTH tuman markazidagi “Al-Kamol” savdo markazi ro‘parasida sodir bo‘lgan.


Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani hokimi Lutfiddin Abdullayevning xizmat avtomobili yo‘l-transport hodisasiga uchradi.
Maʼlum qilinishicha, yo‘l-transport hodisasi 2021-yilning 7-noyabr kuni kechki vaqtda sodir bo‘lgan.
— Mashinada hokim bo‘lmagan. Haydovchi tez harakatlanib kelgan va boshqaruvni yo‘qotgan. Mashina daraxtga osilib qolgan", — deydi voqea guvohi.

Eslatib o‘tamiz, Yakkabog‘ hokimi xizmat avtomobilining YTHga uchrashi yagona holat emas.
Avvalroq Namanganda ayolga kuch ishlatgan shaxs prokuratura xodimi ekanligi, Samarqanddagi davlat muassasalarida 563 mln so‘m byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani hamda Andijon davlat tibbiyot institutining 3 nafar talabasi YTH oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.







