Shifokorlar 10 yildan so‘ng g‘ayrioddiy ovqatlanish buzilishi bilan kasallangan maktab o‘quvchisini davolashdi
Angliyaning Uilshir shahrida yashovchi maktab o‘quvchisi Jessika Tompson “nuggetlar”, yaʼni tovuq go‘shtidan boshqa deyarli hech narsa yemaydi.

Unga oz miqdorda oziq-ovqat isteʼmol qilish bilan tavsiflangan selektiv ovqatlanish buzilishining o‘tkir fobiyasi tashxisi qo‘yilgan.
Ko‘pincha, baʼzi isteʼmolchilar boshqa turdagi ovqatlardan qochib, vahima ichida bir nechta yoki hatto bitta taomga eʼtibor berishadi. Bu ularning oziq-ovqatga allergiyasi emas, balki o‘ta kuchli fobiya, yaʼni bu oziq-ovqatdan, uning tuzilishidan, hididan yoki umumiy ko‘rinishidan qo‘rqish bilan bog‘liq muammodir.
Jessikaning onasi qizini normal holatga qaytarish uchun barcha usullarni sinab ko‘rdi, ammo hech narsa ish bermadi. Biroq, gipnoterapevt bilan bir necha hafta ishlagandan so‘ng, Jessika nafaqat go‘sht, balki ko‘plab meva va sabzavotlarni o‘z ichiga olgan to‘liq kechki ovqatdan tanovul qildi.
Gipnoz orqali fobiyalarga qarshi kurashish mumkin, ammo hamma ham gipnozga rozi bo‘lavermaydi.
Uzoq vaqt davomida bu oilada yangi yil bayramida kechki ziyofatdagi taomlardantatib ko‘rish azobga aylangan.
Asosiy sabab Jessika tovuq go‘shtidan boshqa taomlar bo‘lgan umumiy stolda o‘tira olmagan. Juda kamdan-kam hollarda u o‘ziga bir bo‘lak quruq non eyishga ruxsat bergan.
Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, sayyoramiz aholisining atigi 40 foizi bunda fobiyaga chalingan.
Mutaxassislarning fikricha, ovqatlanishning buzilishi gipnoterapiya psixologik kasalliklardan biri ekanligi tasdiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armanistonda 98 kishi pissadan zaharlangani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







