Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga tashrif buyuradi

Davlatimiz rahbari tashrifi dasturida Istanbul shahrida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga tashrif buyuradi

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Istanbul shahrida o‘tkaziladigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun 11-12 noyabr kunlari Turkiya Respublikasida tashrif bilan bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuv kun tartibidan Kengash doirasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo, investitsiyalar, “yashil” iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, transport va kommunikatsiyalar, madaniy-gumanitar almashinuv sohalaridagi aloqalarni kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Tashkilot faoliyatini yana-da takomillashtirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi.

 

Sammit yakunida hamkorlik samaradorligini oshirish va ustuvor yo‘nalishlarda ko‘p tomonlama sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.

 

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi 2009-yilda ushbu tuzilmaga aʼzo mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash maqsadida tuzilgan.

 

Bugungi kunda Kengashga O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston aʼzo. Mamlakatimiz tashkilotga 2019 yilda qo‘shildi. Vengriya Turkiy kengashda kuzatuvchi maqomiga ega.

 

Eslatib o‘tamiz, kelgusi oyda Boku shahrida O‘zbekistonning milliy sanoat ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

 

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev AQSH kongressmenlarini qabul qilgani, Turkiya Respublikasi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qilgani, O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari mintaqaviy hamkorlik masalalarini muhokama qilgani hamda Germaniya Federal Kansleri Angela Merkel bilan telefon orqali suhbatlashgani haqida xabar berilgandi.

Osiyoda ishonch, texnologiya va iqlim: Shavkat Mirziyoyev uchta tashabbusni taklif qildi

Osiyoda ishonch, texnologiya va iqlim: Shavkat Mirziyoyev uchta tashabbusni taklif qildi

Bokudagi sammitda O'zbekiston Prezidenti Osiyoda ishonch infratuzilmasini shakllantirish konsepsiyasini ishlab chiqish, qo‘shma loyihalarni kengaytirish va iqlim barqarorligi bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish takliflarini bildirdi.

Saida Mirziyoyeva Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi

Prezident administratsiyasi rahbari ikki mamlakat mutaxassislari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligini ta'kidladi.

Saida Mirziyoyeva Turkiyaning ta’lim tajribasi bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Turkiyaning ta’lim tajribasi bilan tanishdi

Tashrif davomida o‘quvchilar, talabalar va pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

AQSh Davlat kotibi O‘zbekistonga keladi: tashrifdan ko‘zlangan maqsad nima?

AQSh Davlat kotibi O‘zbekistonga keladi: tashrifdan ko‘zlangan maqsad nima?

Marko Rubio 17–22-oktyabr kunlari Samarqand, Mumbay va Jamnagar shaharlariga tashrif buyuradi.

MDHga raislik: O‘zbekiston MDHga raislikda ustuvor yo‘nalishlarni belgiladi

MDHga raislik: O‘zbekiston MDHga raislikda ustuvor yo‘nalishlarni belgiladi

Raislik konsepsiyasi doirasida 100 dan ortiq chora-tadbir ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Davlat rahbari Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yetakchilarining maslahat uchrashuvi hamda MDH davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi.

Savdo, transport va kiberxavfsizlik: Mirziyoyev MDH doirasidagi hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi

Savdo, transport va kiberxavfsizlik: Mirziyoyev MDH doirasidagi hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi

Prezident resurslardan samarali foydalanish va aylanma iqtisodiyot bo‘yicha hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqish zarurligini taʼkidladi.

Turkmanistondan keyin O‘zbekiston: O‘zbekiston MDHga raislik qiladi

Turkmanistondan keyin O‘zbekiston: O‘zbekiston MDHga raislik qiladi

Bu haqdagi qaror MDH Rahbarlar kengashining yig‘ilishida qabul qilindi.