Eng dolzarb

“O‘zbekneftgaz” tarixda ilk bora o‘zining yevroobligatsiyalarini London birjasida joylashtirdi

Obligatsiyalar Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya, Yevropa hamda Osiyo mamlakatlaridan qatnashgan 120 dan ortiq investorlar orasida taqsimlandi.

“O‘zbekneftgaz” tarixda ilk bora o‘zining yevroobligatsiyalarini London birjasida joylashtirdi

 

 

Prezidentning 2021-yil 3-fevraldagi farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-noyabrdagi qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlarini davom ettirish hamda moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish maqsadida, Moliya vazirligi ko‘magida “O‘zbekneftgaz” AJ o‘z tarixida ilk bor London fond birjasida RegS/144A formatida 7 yil muddatlik 700,0 million AQSH dollari miqdoridagi yevroobligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi.

 

 

Bu o‘z navbatida jamiyatning transformatsiya va dunyodagi eng yaxshi biznes amaliyotlarni joriy etish bo‘yicha tizimli ishlarning natijasi hisoblanadi, jumladan:

 

  • Ernst&Young (Buyuk Britaniya) xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan jamiyatning 2017—2020 yillar va 2021-yilning 1- yarim yilligi uchun jamiyatning MHXSga asosan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlari auditi o‘tkazildi;

  • Fitch Ratings va S&P xalqaro reyting agentliklari tomonidan (BB– /barqaror) darajasidagi korporativ reyting va emissiyasiga reyting berildi;

  • obligatsiyalarni chiqarish uchun CITI Group, JP Morgan (AQSH), Mitsubishi UFG (Yaponiya) va “Gazprombank” AJ (RF) kabi tashkilotchi banklar jalb qilindi;

  • barcha turdagi yuridik ekspertizalar (auditorlik, moliyaviy, boshqaruv) o‘tkazildi.

 

 

Yuqoridagi tadbirlarni amalga oshirish natijasida, xalqaro obligatsiyalarni chiqarish doirasida joriy yilning 5-8 noyabr kunlari o‘tkazilgan roadshow davomida potensial investorlarga jamiyat faoliyati haqida taqdimot o‘tkazildi.

 

Shu bilan birga, AQSH, Yevropa, Rossiya Federatsiyasi va Osiyo mamlakatlaridan 35 dan ortiq institutsional investorlar bilan telekonferensiya (Global Investor Call) va yirik xalqaro 28 ta investorlar bilan individual uchrashuvlar o‘tkazishga erishildi.

 

 

Olib borilgan marketing o‘rganishlar natijasida 9-noyabr holatiga tashkilotchi banklar (Bank GPB International S.A., Citigroup Global Markets Limited, J.P. Morgan Securities plc. va MUFG Securities EMEA plc) tomonidan jamiyatning yevroobligatsiyalarining boshlang‘ich foiz stavkasi 5,00 foiz miqdorida belgilandi.

 

 

Natijada jami 1,9 milliard AQSH dollari (tashkilotchi banklar buyurtmanomalarisiz – 1,7 milliard AQSH dolllari) miqdoridagi buyurtmanomalar kelib tushdi. Ishtirokchilarning sifat va miqdori tahlili natijasiga ko‘ra, yakuniy foiz stavkasi 4,75 foizgacha tushirildi.

 

“O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

“O‘zbekneftgaz” tarixda ilk bora o‘zining yevroobligatsiyalarini London birjasida joylashtirdi | Zamon.uz