O'zbekiston

O‘zbek kinoijodkorlari Turkiyada

Hamkorlik yana mustahkamlash yuzasidan teleseriallar ishlab chiqarish bo‘yicha ikki davlat o‘rtasida memorandumlar imzolanishi kutilmoqda.

O‘zbek kinoijodkorlari Turkiyada

 

Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan “Korkut ata” xalqaro kinofestivalida taniqli kinoijodkorlardan iborat o‘zbek delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.  Festivalda turkiyaliklar o‘zbek kinoijodkorlarini katta tantana bilan qarshi olishdi.

 

Festival doirasida O‘zbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan rejissyor Ali Hamrayevning “Xalq jasorati” va Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” filmlari premyerasi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov tomonidan Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Ersoyga “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” kitob albomi taqdim etildi. 

 

Kinofestivalda o‘zbekistonlik kinoijodkorlar tomonidan “O‘zbek kino kunlari” ijodiy kechasi hamda Rashid Malikov rejissyorligida yaratilgan “Tutqunlik” filmining premyerasi bo‘lib o‘tishi ham rejalashtirilgan.

 

O‘zbekiston va Turkiya kinematografistlari hamkorligini yana mustahkamlash yuzasidan teleseriallar ishlab chiqarish bo‘yicha memorandumlar imzolanishi kutilmoqda.

 

"Korkut ata” xalqaro kinofestivali 12 noyabrgacha davom etadi.

 

Avvalroq “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivaliga turkiyalik bir guruh kinoijodkorlar tashrif buyurishgani  hamda Turk va hind kinoijodkorlari bilan ijodiy kecha tashkil etilgani haqida xabar berilgandi. 

 

Munojat Valiyeva

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbek kinoijodkorlari Turkiyada | Zamon.uz