Salomatlik

Dunyoda COVID-19‘ga qarshi emlash uchun shprislar global tanqisligi yuzaga kelishi mumkin — JSST

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2022-yilda ikki milliardgacha shpris yetishmaydi, bu esa o‘z navbatida emlash tezligiga taʼsir qiladi.

Dunyoda COVID-19‘ga qarshi emlash uchun shprislar global tanqisligi yuzaga kelishi mumkin — JSST

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kelgusi yilda dunyoda COVID-19‘ga qarshi emlash uchun shprislarning global tanqisligi yuzaga kelishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Bu haqda JSSTning dori vositalari va sog‘liqni saqlash mahsulotlaridan foydalanish bo‘yicha katta maslahatchisi Liza Xedman maʼlum qildi, deya xabar beradi “Insider”.

 


Shuningdek, uning taʼkidlashicha, bunday vaziyat qashshoq mamlakatlar bir xil shprislardan bir necha marta foydalanishni boshlaganda yana bir muammoni keltirib chiqarishi mumkin.

 


U tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilarni bir martalik  shprislarini ishlab chiqarishni kengaytirish yo‘lini topishga chaqirdi.

 


Dunyoda COVID-19‘ga qarshi 6,8 milliard vaksina joriy etilgan va har yili 6 milliard shpris ishlab chiqariladi.

 

Avvalroq JSST koronavirusning kelib chiqishini o‘rganish bo‘yicha 26 nafar olimdan iborat guruh tuzgani,  favqulodda vaziyatlarda foydalanish uchun sakkizinchi COVID-19 vaksinasini tavsiya qilgani, JSST rahbari vaksinalar taqsimotidagi adolatsizlikka eʼtibor qaratgani hamda notenglikni bartaraf etish uchun dunyo mamlakatlarini moratoriy eʼlon qilishga chaqirgani haqida xabar berilgandi.

 

Nasiba To‘xtayeva

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"