Eng dolzarb

Mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga kompensatsiya to‘lanadi

“Xorijga tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga kompensatsiya to‘lanadi

 

Bugungi kunda mehnat migrantlarining muammosi kelajak nuqtai nazaridan o‘z yechimini kutayotgan eng dolazrb masalalaridan biri bo‘lib qaralmoqda. Bunda mehnat migratsiyasi O‘zbekistonda ish yo‘q, maoshlar kam degan so‘zlar bilan izohlanmoqda.

 

Qarorga ko‘ra, 2021-yil 1-sentabrdan boshlab 2022-yil 1-sentabrga qadar “labor-migration” dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan, kasb-hunar yoki xorijiy tillarga o‘qigan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga:

 

— xorijiy tillar yoki kasb bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun, basharti ular muvaffaqiyatli topshirilganda – BHMning 3 baravarigacha miqdorda (735 ming so‘m)

 

— yo‘l chiptasini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 2 baravarigacha miqdorda (490 ming so‘m);

 

— rivojlangan davlatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirishga “ishchi viza”ni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 5 baravarigacha miqdorda (1 mln 225 ming so‘mgacha) kompensatsiya to‘lanadi. 

 

 Bunda:

 

— mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqaro “labor-migration” dasturiy majmuasi orqali masofaviy tarzda yoki bevosita Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Bandlikka ko‘maklashish markazlariga ariza bilan murojaat qiladi;

— ariza Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan 1 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya O‘zbekistonning 150 ming fuqarosiga mamlakatga kirishga qo‘yilgan taqiqni olib tashlagandi.

 

Avvalroq xorijdagi mehnat migrantlariga qanday moddiy yordam ko‘rsatilishi, o‘n ming O‘zbekistonlik yaqin vaqt davomida Rossiyaga ishga jalb qilinishi, Rossiyada migratsiya to‘g‘risida yagona hujjat joriy etilishi hamda Tashqi Mehnat migratsiyasi orqali ishlashga ketgan fuqarolarning noroziligi haqida xabar berilgandi

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"