Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi
Muloqot yakunida ko‘p tomonlama hamkorlik samaradorligini oshirishga qaratilgan hujjatlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.


Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining sakkizinchi sammitida ishtirok etish uchun 11 noyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Sammitda Kengash doirasidagi ko‘p tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, savdo, investitsiya, “yashil” iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Muloqot yakunida ko‘p tomonlama hamkorlik samaradorligini oshirishga qaratilgan hujjatlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Davlatimiz rahbari tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Istanbul shahrida o‘tkaziladigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun 11-12 noyabr kunlari Turkiya Respublikasida tashrif bilan bo‘lishi haqida xabar berilgandi.







