Tailandda o‘tkazilgan raqs tanlovida o‘zbek milliy raqsi birinchi o‘rinni egalladi
Tanlovda jami 22 jamoa aʼzolari — mingdan ortiq ishtirokchi turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblik uchun kurashdi.


Joriy yil 13-oktabr – 7-noyabr kunlari Tailand madaniyat vazirligi va Tailand raqs o‘qituvchilarining hamdo‘stlik jamiyati tomonidan tashkil etilgan “8th Thailand Dance Grand Prix” raqs tanlovida O‘zbekiston vakillari muvaffaqiyatli qatnashdi.
“Chet davlatlarning milliy raqsi” nominatsiyasining yakkalik bahslarida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi bitiruvchisi Qurolboy Saparov tomonidan sahnalashtirilgan raqs 1-o‘ringa loyiq, deb topildi. Vakillarimiz, shuningdek, 11 va 15 yoshli ishtirokchilar orasida 3-o‘rinni egalladi.
Avvalroq O‘zbekistonga Raj Kapur byusti taqdim etilgani, Turk va hind kinoijodkorlari bilan ijodiy kecha tashkil etilgani hamda “Miss Rossiya migrantlar federatsiyasi” go‘zallik tanlovida ikki nafar o‘zbekistonlik qiz finalga chiqqani haqida xabar berilgandi.







