Eriksen uchun bu mavsum tugadi…mi?
Yevro-2020 turnirida yurak xurujiga uchragan “Inter” yarim himoyachisi Kristian Eriksen reabilitatsiya kursini davom ettirmoqda.

Ayni paytda 29 yoshli yarim himoyachi Daniyadagi uyida. U faoliyatini davom ettirishni rejalashtirmoqda, lekin katta ehtimol bilan keyingi mavsumda buni amalga oshirishi mumkin. Futbolchi Daniya yoki Gollandiya klublaridan biriga o‘tishi mumkin. Avvalroq, Eriksenga “Ayaks” klubi ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, 12 iyun kuni Yevro-2020 guruh bosqichining Finlyandiya va Daniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda Eriksen maydonga yiqilib, o‘rnidan turolmay qolgandi. Sportchiga 15 daqiqa davomida stadionning o‘zida tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng u kasalxonaga olib ketilgan. O‘shandan beri futbolchi birorta rasmiy o‘yinlarda ishtirok etgani yo‘q.
Avvalroq Parij klubi Karim Benzemani qo‘lga kiritmoqchiligi va Holandning ahvoli haqida maʼlumot berilgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







