1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Tinib-tinchimas parijliklar Benzemani qo‘lga kiritmoqchi

“PSJ” 2023-yilda Karim Benzemani erkin agent sifatida sotib olishni rejalashtirmoqda.

Tinib-tinchimas parijliklar Benzemani qo‘lga kiritmoqchi

 

Kilian Mbappe klubni tark etganidan so‘ng, parijliklar Benzemaning transferi bo‘yicha ish olib bormoqchi. Klub Fransiya terma jamoasining eng yaxshi futbolchilarini yig‘ishni istamoqda. Shu bois ular “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogbaga ham qiziqish bildirmoqda.

 

Хabarlarga ko‘ra, fransiyalik futbolchi “Real Madrid” bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshlamagani va faoliyatini vatanida tugatish varianti uni qiziqtirayotgani aytilmoqda. Hujumchining fikricha, “PSJ” loyihasi uning faoliyatida yangi sahifa ochadi. Bundan tashqari, Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish imkoniyatini ham taqdim etadi.   

 

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Benzema 15 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Hozirda Transfermarket portali futbolchini 25 million yevroga baholamoqda.

 

Avvalroq “Real Madrid” Vinisius bilan uzoq yillik kelishuvga erishmoqchiligi va Benzemani Madridda olib qolishmoqchiligi haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика