Toshkentda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi o‘quvchini zo'rladi
Qizning onasi sud qaroridan rozi emas.

Toshkent shahri Mirobod tumanida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va uning do‘stlari 8 sinf o‘quvchisi bilan jinsiy aloqa qilgan, deya xabar berdi “Nemolchi.uz”.
Maʼlum bo‘lishicha, ushbu holat yuzasidan sud bo‘lib o‘tdi. Sud qaroriga ko‘ra, o‘qituvchi 4 yilga, do‘stlari esa 2 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
Qizning onasi sud qaroridan rozi emas. Sababi erkaklar JKning 128-moddasi (18 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan jazolangan. Qizning onasi esa ular JKning 118-moddasi yaʼni (bir guruh shaxslar tomonidan zo‘rlash) bo‘yicha qamalishi kerak deb hisoblamoqda.
Taʼkidlanishicha, ayol ushbu ish doirasida oxirigacha kurashishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 4 yoshida nomusimdan ajragan qiz haqida maqola taqdim qilingandi.
Avvalroq Jizzaxda uch erkak ko‘chadagi ayolni zo‘rlagani, Qarshida 19 yoshli yigit voyaga yetmagan qizni zo‘rlab kelganiga qaramasdan jinoiy ish ochilmagani hamda 11 yoshli bola ikki yil davomida amakisi tomonidan zo‘rlab kelingani haqida xabar berilgandi.







