Turizm, kooperatsiya, tranzit. Abdulla Aripov MDH sammitida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
MDH davlatlari bosh vazirlari uchrashuvi onlayn formatda bo‘lib o‘tmoqda.

Abdulla Aripov MDH hukumat rahbarlari uchrashuvida nutq so‘zladi. Unda О‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri bir qancha muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Aripov tashkilot doirasida sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish zarurligini qayd etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 20222 yil bahorida O‘zbekistonda MDH sanoat kooperatsiyasiga bag‘ishlangan forum o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Bosh vazir tranzit salohiyatini oshirishga alohida to‘xtaldi. Bunda “O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy” temiryo‘li butun MDH tranziti imkoniyatini bir necha barobar oshirishi alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, tashkilotga aʼzo davlatlar o‘zaro mehnat migrantlari sertifikatlarini tan olish taklif qilindi.
Aripov turizm masalasi bo‘yicha ham bir qancha takliflarni ilgari surdi.
“Turizmni tiklash uchun MDH davlatlari sog‘liqni saqlash tizimlarini muvofiqlashtirish zarur. Shu bilan birga sanitar cheklovlarini inobatga olgan holda Hamdo‘stlik doirasida erkin harakatlanish zonasini tashkil qilish mumkin”, – degan O‘zbekiston hukumati rahbari.
Avvalroq Toshkentda MDH davlatlari bank rahbarlari forumi tashkil etilishi xabar qilingandi.
Jahongir Qo‘ziyev







