Lifestyle

Ketchup tarixi va buguni: u haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar

Ketchup tarkibining 25 foizini shakar tashkil qiladi.

Ketchup tarixi va buguni: u haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar

 

Baʼzan taomlarimizning suyuq-quyuqligiga qarab, ketchup va turli pomidorning suyuqlashtirilgan turlarini  isteʼmol qilamiz. Aslida ketchupning paydo bo‘lish tarixi va uning sog‘lom turmush tarzimizga qay darajada foydali ekanligi haqidagi aniq maʼlumotlarni bilmasangiz kerak.

 

Birinchi original ketchup yoki “ke-tsiap” Sharqda tayyorlangan. Bu tuzlangan baliq, mollyuska va ziravorlardan tarkib topgan achchiq sous bo‘lgan. 1700 yilda Angliya dengizchilari uni Malayziyada topib, Angliyaga olib keladilar.

 

Keyinchalik uning retseptida yong‘oq, anchous, limon ham paydo bo‘ldi.

 

1792 yilda “Pazandalikning yangi sanʼati” kitobida “tomat ketchupi” nomli retsept nashr qilinadi, lekin uni tayyorlash juda  qiyin bo‘lgan. Faqatgina 1876 yilga kelib, Genri Dj. Xayns, uni katta miqdorda ishlab chiqara boshladi, va qizil sous omma orasida shuhrat qozondi.

 

O‘tgan asrning 80-yillarida, ketchup bilan shisha bankalar o‘rniga plastik butilkalarni to‘ldirish o‘ylab topilgan, bu ketchupni oxirgi tomchisigacha ishlatishga imkoniyat yaratgan.

 

Ketchupning bu qadar ommalashishi uning antiqa taʼmi va rangiga ham bog‘liqligi amaliyotda isbotlangan.

 

Biroq, bu taʼm va rangning jozibasi inson organizimi uchun foydalimi yoki zarali?

 

Shifokorlar ketchupni isteʼmol qilishda surunkali kasalliklarning asoratlari xavfini aniq belgilab berdilar. Faqat minimal miqdorda va kamdan-kam isteʼmol qilinganda mahsulot foydali bo‘lishi mumkin. Maxsus holatlarda “sos”ni abadiy tark etish kerak.

 

Pomidor sousida diabetga chalinganlar uchun zararli bo‘lgan ko‘p miqdorda shakar va kraxmal mavjud. Ko‘pgina  ketchup ishlab chiqaruvchi korxonalar sousga maxsus shirinlik qo‘shish uchun mahsulotga yetarlicha shakar qo‘shadi.

 

Qandli diabet bilan kasallangan  odam kuniga minimal  80 gr.dan  oshmagan shakar isteʼmol qilishi lozim.

 

Mutahassislar diabetga chalinganlar menyusiga har qanday ketchup turini kiritishni qatʼiyan man qilishadi. Uni muntazam ravishda isteʼmol qilish sog‘liq uchun juda xavflidir. Agar sog‘lig‘ingizni eʼtiborli bo‘lsangiz, pomidor sousini unutishingiz kerak.

 

Pankreatit - oshqozon osti bezining surunkali yoki o‘tkir yallig‘lanishi hisoblanadi. Ushbu kasallik bilan og‘rigan bemorlar ketchupdan butunlay voz kechishi zarur.

 

Cho‘lponoy Ahmedova