Eng dolzarb

O‘z o‘g‘lining qotiliga aylangan fuqaro 8 yilga qamaldi

Fojia sodir bo‘lgan kun marhum yigitning tug‘ilgan kuni bo‘lgan.

O‘z o‘g‘lining qotiliga aylangan fuqaro 8 yilga qamaldi

 

Samarqand viloyatida yashovchi 1970-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘z o‘g‘lining qotiliga aylandi. Ota spirtli ichimlik taʼsirida bu ishga qo‘l urgani aytilmoqda.

 

O‘sha kuni mast ota va o‘g‘li o‘rtasida janjal bo‘lgan. O‘g‘li otasining spirtli ichimlik isteʼmol qilganidan norozi bo‘lgan. Sudlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, yuzaga kelgan janjal oqibatida o‘g‘li unga qo‘l ko‘targan va yengil tan jarohatlar yetkazgan. U esa o‘g‘lini ogohlantirish maqsadida pichoq o‘qtalgan. Ammo o‘g‘li pichoqni ko‘rsa-da, yana hujum qilishda davom etgan. Shu vaqt sudlanuvchi jahl ustida farzandiga qarata pichoq sanchigan. Qo‘shnilar yordamida yigit og‘ir ahvolda shifoxonaga olib borilgan.

 

Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, ko‘p qon yo‘qotish natijasida yigit shifoxonada jon bergan. Ota esa qo‘shnisining do‘kon yoniga borib, yana bir piyola spirtli ichimlik ichayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

 

Bu vaqt marhum yigitning onasi Turkiya shahriga o‘g‘lini uylantirish uchun pul ishlab topish maqsadida ketgan bo‘lgan. Uning so‘zlariga qaraganda, turmush o‘rtog‘i doimiy spirtli ichimlik isteʼmol qilib kelgan. Uyga mast holda kelib, janjal ko‘tarib, oila aʼzolarini kaltaklab kelgan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudida qo‘lini o‘z o‘g‘lining qoniga belagan ota sud qilindi. Jinoyat kodeksinning 104-moddasi 3-qismi "d" bandi bilan aybli deb topilib, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

 

Avvalroq Qibrayda bir uydan besh kishining jasadi topilgani, samarqandlik kuyov xotini va qaynonasini urib, o‘ldirib qo‘ygani  hamda Qashqadaryoda erkak o‘z o‘g‘lining qotiliga aylangani haqida xabar berilgandi.

 

Муножат Валиева 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

O‘z o‘g‘lining qotiliga aylangan fuqaro 8 yilga qamaldi | Zamon.uz