Bolalardagi ortiqcha vaznnning oldini olishda nimalarga eʼtibor berish kerak?
Mutaxassislarning fikricha, bolalardagi ortiqcha vazn turli irsiy kasalliklarning sababchisi bo‘lishi mumkin.

Statistik maʼlumotlarga ko‘ra ayni vaqtda dunyoda 155 million bola ortiqcha vaznga ega. Ko‘pincha, bu holat balog‘at yoshidagilar uchun dolzarbligicha qolmoqda.
Nima uchun bolada ortiqcha vazn xavfli?
Ortiqcha vazn tananing barcha tizimlariga o‘z zararini sezdirib turadi: nafas olish, yurak-qon tomir, ovqat hazm qilish, endokrin va mushak-skelet tizimi. Shuningdek, bolada ijtimoiy muhitga moslashishni buzadigan komplekslar rivojlanadi. Yosh normasining mo‘tadil bo‘lishida dastlab chaqaloqning vaznini imkon qadar meʼyorga keltirish kerak.
Buning uchu nima qilish kerak?
Avvalo, endokrinologga murojaat qilish zarur, yaʼni, bolada ortiqcha vazn jiddiy kasallikning belgisi bo‘lishi mumkin.
Farzandingizni to‘liq 10 soatlik uyqu bilan taʼminlang, bu vaqtda metabolik jarayonlarni rag‘batlantiradigan va ochlikni kamaytiradigan gormonning yetarli darajasi ishlab chiqariladi.
Kichkintoyingizning eʼtiborini ortiqcha vaznga qaratmang. Siz butun oila uchun turmush tarzini o‘zgartirishingiz, bu jarayonga ijobiy munosabatda bo‘lishingiz va hamisha motivatsiya bilan yashashingizga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Ammo, o‘sayotgan boladan vazn yo‘qotish mumkin emas. ortiqchasini kamaytirish yoki to‘xtatish to‘g‘riroq.
Sog‘lom tanada hamma narsa muvozanatli, isteʼmol qilinadigan energiya miqdori sarflangan miqdorga mos kelishi kerak. Tenglikka erishish uchun isteʼmol qilinadigan oziq-ovqatning kaloriya miqdorini hisobga olish kifoya.
Oziqlanish muhimmi?
Tana barcha zarur energiyani oziq-ovqatdan oladi. Agar bolada ortiqcha vazn sizni tashvishga solsa, unda siz baʼzi qoidalarga amal qilishingiz kerak.
Oziq-ovqat tarkibida oqsillar, foydali elementlar, vitaminlar va tolalar bo‘lishi kerak. Bular kam yog‘li go‘sht va parranda go‘shti, don mahsulotlari, vegetarian sho‘rvalar, sut va sut kislotasi mahsulotlari, sabzavotli salatlar, mevalar, marmelad, to‘liq donli non, quritilgan mevali kompotlardir.
Qovurishdan ko‘ra, bug‘da pishgan yoki qaynatilgan taomlar koni foyda.
Yarim tayyor mahsulotlar, mayonez, ketchup va boshqa shirin gazlangan ichimliklar, shirinliklardan foydalanishni to‘htatgan maʼqul. Ularda ko‘p miqdorda kraxmal, shakar, yog, konservantlar, bo‘yoqlar mavjud.
Jismoniy faollik
Harakat rejimi nafaqat ortiqcha kaloriyalarni yoqadi, balki skelet mushaklarining o‘sishini rag‘batlantiradi, metabolizmni tartibga soladi, yurak-qon tomir, nafas olish va ovqat hazm qilish tizimlarining faoliyatini yaxshilaydi, asab tizimini mustahkamlaydi.
Yosh bolalar uchun aravachasiz toza havoda yurish, to‘p bilan ochiq o‘yinlar majburiy bo‘lishi kerak. Kattaroq bolalar ota-onalari bilan suzish, chang‘i, velosiped, arqondan sakrash va piyoda sayr qilishlari mumkin.
Yiliga 2 marta massaj va fizioterapiya kurslarini o‘tkazish tavsiya etiladi. Bolalarning ovqatlanish va jismoniy faollik madaniyatiga munosabati ota-onalar va ularning atrofidagi tengdoshlari misolida shakllanadi.
Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi







