Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi yuzasidan maʼlumot berildi
Bundan avval Prezidentning Qozog‘istonga tashrif buyurishi maʼlum bo‘lgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 19 noyabr kuni tashrif bilan Rossiyaga boradi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ikki mamlakat yetakchilari Moskva shahrida muzokara o‘tkazadilar, O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qiladilar. Qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi ham ko‘zda tutilgan.
Tashrif arafasida Moskvada O‘zbekiston va Rossiya ikkinchi Taʼlim forumi va navbatdagi Hududlararo hamkorlik forumining qo‘shma tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev yil oxiriga qadar Qozog‘istonga borishi haqida maʼlum qilingandi.







