Salomatlik

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanmaganlarga qatʼiy chora ko‘rish boshlandi

Bu borada Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining hududiy bo‘limlari tomonidan tekshiruv o‘tkazildi.

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanmaganlarga qatʼiy chora ko‘rish boshlandi

 

Xususan, xorijiy davlatlarda laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tgan va yuqori baholangan vaksinalarning olib kelinishi, karantin vaqtida dori-darmon vositalari bilan aholining yetarlicha taʼminlanishi respublikada aholining salomatligi har doim eʼtiborda ekanligining isbotidir.

 

Qayd etilishicha, hududlarida tashkil etilgan emlash punktlari va emlash mobil birgadalari tomonidan dastlab aholining 65 yoshdan yuqori va keyinchalik 18 yoshdan kattalarni bepul emlash ishlari tashkil etildi.

 

Vaksina – yagona chora bo‘lganligi sababli mamlakatimizda aholini emlash bo‘yicha bir qancha qonun-qoidalar ishlab chiqildi. Bu kabi qonunlarga amal qilmaslik holatlari ustidan qattiq nazorat tadbirlari olib borildi.

 

Ammo shunga qaramasdan, Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi va hududiy bo‘limlari tomonidan viloyatda 1863 ta tekshirish tadbirlari tashkil etilgan vaqtda 6526 nafar fuqaro vaksina olmaganligi aniqlandi.

 

Ulardan 1402 nafari tadbirkorlik subyektlari va 5035 nafari esa byudjet tashkilotlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolardir.

 

Bu kabi fuqarolarga  qonunchilikda belgilangan talablarga amal qilmaganligi uchun qonuniy choralar ko‘rildi. Bunday holatlar Toshkent viloyatida 3608 tani tashkil etadi. Bular orasida 3229 nafar xodim vaqtincha ishdan chetlashtirilgan. 374 nafari tegishli tartibda jarimaga tortilgan bo‘lsa,  5 tasining  faoliyati to‘xtatilgan obyektlardir.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  vaksina olganlar ham o‘zlarini himoyalashlari shartligi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri quyi palata deputatlari orasida vaksina olmaganlar sonini ochiqlagandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanmaganlarga qatʼiy chora ko‘rish boshlandi | Zamon.uz