Eng dolzarb

Toshkent viloyatida "Nurafshon TV" teleradiokanali tashkil etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning "Toshkent viloyati teleradiokanalini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Toshkent viloyatida "Nurafshon TV" teleradiokanali tashkil etildi

 

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimida Toshkent viloyati teleradiokanali – “Nurafshon TV” (keyingi o‘rinlarda – Toshkent viloyati teleradiokanali) tashkil etildi.

 

Quyidagilar Toshkent viloyati teleradiokanalining asosiy vazifalari etib belgilandi:

 

  • Toshkent viloyatining ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va madaniy-maʼrifiy hayotida ro‘y berayotgan islohotlar, farovonlik, taraqqiyot va bunyodkorlik yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar hamda yaratilgan imkoniyatlar haqida aholini muntazam xabardor qilib borish;

 

  • joylarda islohotlarni amalga oshirishga to‘siq bo‘layotgan omillarni keng jamoatchilik muhokamasiga olib chiqish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar faoliyati yuzasidan samarali va taʼsirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;

 

  • aholining siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, ularda qatʼiy fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatish va ulardan samarali foydalanish masalalarini tele va radiodastur orqali yoritish;

 

  • hududning tarixi, madaniyati, sanʼati, adabiyoti va urf-odatlari, boy tabiati, so‘lim go‘shalari va turizm salohiyatini aks ettiruvchi, ularni o‘rganish, asrab-avaylash va keng targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan ko‘rsatuv va eshittirishlar tayyorlash;

 

  • aholining intellektual va madaniy saviyasini oshirish, fuqarolarning ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash, yoshlar va o‘sib kelayotgan avlodni vatanparvarlik, umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashni targ‘ib qilish;

 

  • davlat va nodavlat teleradiokompaniyalar, axborot agentliklari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan axborot almashish bo‘yicha samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

 

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati teleradiokanali davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi. Toshkent viloyati teleradiokanali o‘z tele- va radiodasturlari bilan kecha-yu kunduz uzluksiz ravishda efirga chiqadi.

 

Toshkent viloyati teleradiokanali xodimlarining cheklangan shtatlari soni 69 nafar, shu jumladan, boshqaruv xodimlari soni 4 nafardan iborat bo‘ladi. Toshkent viloyati teleradiokanalining tashkiliy tuzilmasi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi tegishli tashkilotlarning tuzilmasini maqbullashtirish va mavjud shtatlarni qisqartirish hisobiga tashkil etiladi.

 

Toshkent viloyati teleradiokanali tashkiliy tuzilmasi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.

 

Toshkent viloyati teleradiokanali xodimlariga O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimida faoliyat yuritayotgan teleradiokanallar xodimlari uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shart-sharoitlari tatbiq etiladi.

 

Shuningdek, qaror bilan, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Yoshlar ittifoqi, Qishloq xo‘jaligi vazirligining:

 

  • “Yoshlar”, “Navo” va “Kinoteatr” telekanallari ixtisoslashtirilgan reklama xususiyatiga ega bo‘lgan kanal sifatida faoliyat ko‘rsatishiga ruxsat berish;

 

  • “O‘zbekiston” teleradiokanalida "Qishloq xo‘jaligi" tahririyatini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari maʼqullandi.

 

Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi A.J.Xo‘jayev hamda Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Z.T.Mirzayev belgilandi.

 

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A.Abduhakimov zimmasiga yuklatildi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yana bir yangi nodavlat teletarmoq o‘z faoliyatini boshlagani, MTRK tizimida "Hidoyat sari" ilmiy-maʼrifiy onlayn telekanali tashkil etilgani hamda "onlayn maktab" darslari uchun alohida telekanallar ajratilishi haqida xabar berilgandi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"