Sport

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher isteʼfoga chiqarildi

Norvegiyalik mutaxassis 2018-yilning dekabrida jamoani qabul qilib olgandi.

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher isteʼfoga chiqarildi

 

 

"Manchester Yunayted" klubi norvegiyalik mutaxassis Ole-Gunnar Sulsherni qoniqarsiz natijalardan so‘ng o‘z lavozimidan ozod etdi. 

 

"Manchester Yunayted"ning Sulsher davridagi eng yaxshi natijalari 2020/21 yilgi mavsumda qayd etilgandi. O‘sha vaqtda jamoa APLda ikkinchi o‘rinni olgan, Yevropa Ligasida esa finalga qadar yetib borgandi.



Maʼlum bo‘lishicha, "Qizil iblislar"ni endi vaqtinchalik yana bir klub afsonasi Maykl Karrik boshqaradi. 40 yoshli sobiq angliyalik futbolchi mavsum yakuniga qadar MYUda ishlaydi. 

 

Maʼlumot uchun: Karrik bungacha ham Manchester jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ishlab kelayotgandi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Manchester Yunayted" jamoasi murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirgani, sobiq darvozabon Piter Shmeyxel Sulsher qabul qilgan qarorlarni tanqid qilgani hamda “MYU” Sulsherni isteʼfoga chiqarmasligi haqida xabar berilgandi.

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"