Ispaniyada O‘zbekistonning boy tarixi va madaniy merosiga bag‘ishlangan festival o‘tkaziladi
Mazkur festivalga tayyorgarlik ishlari doirasida Ontinent shahrida simfonik orkestrning konserti tashkil etildi.

Unda kompozitsiyalar ijro etilib, konsert mehmonlari musiqiy dasturdan bahramand bo‘lishdi.

“Dunyo” axborot agentligi xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning Madriddagi elchixonasida “Mudexares” jamoatchilik madaniyat markazi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Valensiyaning Ontinent shahrida 2022-yil 16-24 avgust kunlari O‘zbekistonning boy tarixi, madaniyati va sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan festivalni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar o‘rtaga tashlandi.
Loyiha menejeri Rafael Ferrero:
Madaniy tadbir dasturidan milliy liboslar ko‘rgazmasi, anʼanaviy kashtachilik, fotoko‘rgazma, milliy raqslar, O‘zbekiston amaliy sanʼati yarmarkasi va o‘zbek milliy oshxonasi taqdimoti o‘rin olgan. Shuningdek, simfonik orkestrning “Samarqand”, “Farg‘ona” va “Ulug‘bek” musiqiy kompozitsiyalari taqdim etiladi.
Maʼlumot uchun: ushbu kompozitsiyalar mashhur ispan kompozitori Saul Gomes Soler tomonidan Samarqandning ko‘hna tarixi, Farg‘ona vodiysi ikati va Mirzo Ulug‘bek hukmronligi davridan ilhomlanib yozilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Turk dunyosi iqtidorli bolalari festivali bo‘lib o‘tishi, Buxoroda “Shashmaqom” respublika festivali o‘tkazilishi hamda Qo‘qon Turkiy kengashning ilk turizm poytaxti deb eʼlon qilingani xabar berilgandi.







