Eng dolzarb

Bugundan Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati institutiga kirish imtihonlari boshlandi

2021/2022-o‘quv yili uchun kirish test sinovlari 2 smenada o‘tkaziladi:

Bugundan Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati institutiga kirish imtihonlari boshlandi

 

1️-smenada 10:00 dan 11:00 ga qadar;

2️-smenada 12:00 dan 13:00 ga qadar.

 

Test sinovlari bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari uchun 3 ta fan bo‘yicha olinadi. Magistraturaga topshiradiganlar uchun esa chet tili fanidan imtihon olinadi. Bunda belgilangan fanlar har ikkala yo‘nalish uchun ham majburiy hisoblanadi.

 

Talabgorlarga bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari uchun majburiy fanlarning har biridan 10 tadan, jami 30 ta, Magistratura mutaxassisligi uchun faqat chet tili fanining o‘zidan 30 ta test topshirig‘i beriladi.

 

Diqqat! Imtihonga ajratilgan vaqt javoblar varaqasini bo‘yash bilan birgalikda 1 soatni tashkil etadi.

 

Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari uchun test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal baho 63 ball bo‘lib, har bir tog‘ri javob uchun 2,1 balldan beriladi. Magistratura mutaxassisliklari uchun esa maksimal natija 50 ballni tashkil etadi.

 

Eslatma. O‘qish istagida bo‘lganlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.

 

Diqqat! Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hudud, yaʼni Davlat test markaziga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan kelishlari lozim. Bunda ularning qo‘llarida shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bo‘lishi zarur.

 

Avvalroq Madaniy meros texnikumlari hamda Estrada sanʼati instituti tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.