Salomatlik

Avstriya O‘zbekistonga 150 ming doza koronavirusga qarshi vaksina yubordi

Vaksinalar maxsus sovutgichli konteynerga joylashtirilgan bo‘lib, 2-7 darajali harorat bilan taʼminlangan.

Avstriya O‘zbekistonga 150 ming doza koronavirusga qarshi vaksina yubordi

 

Xabaringiz bor, avvalroq Ozarbayjondan “COVAX” dasturi doirasida Toshkentga 50 ming dozadagi “AstraZeneca” vaksinasi yetkazib berilgandi.

 

Avstriyadan O‘zbekistonga COVID-19‘ga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlash doirasida “AstraZeneca” 150 ming doza vaksina jo‘natildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi maʼlum qildi.

 

Maʼlumot uchun: gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvga Avstriya Yevropa va tashqi ishlar federal vaziri Mixael Linxartning 7-8 noyabr kunlari O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida amalga oshirilgan. 

 

Taʼkidlanishicha, O‘zbekistonning Venadagi EXHT va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy missiyasi maʼlumotiga ko‘ra, vaksinalar Avstriya hukumati tomonidan beg‘araz yordam va mustahkam do‘stlik ramzi sifatida yuborilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, 17 mart kuni “AstraZeneca” vaksinasining ilk 660 ming dozasi O‘zbekistonga olib kelingan edi.

 

Avvalroq O‘zbekistonga Pfizer/BioNTech vaksinasining navbatdagi partiyasi olib kelingani, O‘zbekistonga “COVAX” platformasi orqali 912 ming doza “Sinovac”, Germaniyadan yana 356 ming doza koronavirusga qarshi vaksina, o‘zbek–xitoy vaksinasining 2,5 million dozasi keltirilgani hamda O‘zbekistonga Xitoydan yana 1 million doza vaksina olib kelingani haqida xabar berilgandi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Avstriya O‘zbekistonga 150 ming doza koronavirusga qarshi vaksina yubordi | Zamon.uz