Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Kunio Mikuriyani qabul qildi

Prezident Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Kunio Mikuriyani qabul qildi

 

 

 Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-noyabr kuni yurtimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Kunio Mikuriyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

 

Mamlakatimiz va ushbu nufuzli xalqaro tuzilma o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

O‘zbekiston Jahon bojxona tashkilotiga 1992-yildan aʼzo. Keyingi yillarda mazkur tashkilot bilan hamkorlik sezilarli darajada faollashdi.

 

2019-yilda hamkorlikning “yo‘l xaritasi” qabul qilindi. Yurtimiz Kioto va Istanbul konvensiyalariga qo‘shildi hamda Savdoga ko‘maklashish global dasturida ishtirok etish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Uning doirasida 12 ta tadbir o‘tkazilgan.

 

Tashkilot ko‘magi bilan 2020-yil yanvar oyida “Yagona darcha” avtomatlashtirilgan tizimi, Bojxona nazoratini muvofiqlashtirish bo‘yicha situatsion markaz ishga tushirildi. Yaqinda mamlakatimiz Bojxona laboratoriyasi Jahon bojxona tashkilotining Mintaqaviy laboratoriyasi maqomini oldi.

 

O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasining Oliy harbiy bojxona instituti ushbu xalqaro tuzilmaning Tadqiqotlar dasturida akkreditatsiyadan o‘tdi.

 

Bojxona xodimlarining malakasini oshirishga ko‘maklashilmoqda. Keyingi bir necha yilda yurtimizning 200 nafardan ziyod bojxonachisi tashkilotning qisqa muddatli o‘quv kurslarida ishtirok etdi.

 

Bundan tashqari, mintaqaviy hamkorlik rivojlanib bormoqda. Kecha Toshkent shahrida o‘tgan mintaqa mamlakatlari bojxona xizmatlari vakillarining uchrashuvi ham samarali bo‘ldi.

 

 

Bosh kotib Kunio Mikuriya bilan uchrashuvda O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish bo‘yicha hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Raqamlashtirish, ilg‘or xalqaro standartlarni joriy etish, intellektual tizimlardan foydalangan holda bojxona postlarini modernizatsiya qilish, korrupsiya, kontrabanda va bojxona sohasidagi qoidabuzarliklarga qarshi kurashish borasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, mutaxassislar tayyorlash va boshqa yo‘nalishlarda qo‘shma tadbir va loyihalarni amalga oshirish muhim ekani qayd etildi.

 

Mamlakatimiz tez fursatda Jahon savdo tashkilotiga kirishi bilan bog‘liq masalalarda yaqindan hamkorlik qilish zarur ekani taʼkidlandi.

 

 

O‘zbekiston va Jahon bojxona tashkiloti o‘rtasidagi amaliy sheriklikni kengaytirish bo‘yicha yangi “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedovning tor doiradagi muzokaralari, Pokiston Bosh vaziri Imron Xon bilan uchrashgani, Hindiston tashqi ishlar vazirini qabul qilgani hamda O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari mintaqaviy hamkorlik masalalarini muhokama qilgani haqida xabar berilgandi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Kunio Mikuriyani qabul qildi | Zamon.uz