Babayan murabbiylikka qaytdi
O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan Namanganning “Navbahor” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Babayan “Paxtakor” klubida 2002-2014 yillar oralig‘ida vitse-prezident lavozimida ishlagan. U 2014-2015 yilgi mavsumda “Paxtakor” klubida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. O‘sha vaqtda Babayan boshligidagi jamoa mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan edi. Shundan so‘ng 2015-2017 yillar O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish olib borgan. Terma jamoa murabbiyligidan bo‘shatilganidan so‘ng, “Spartak”, “Lokomotiv” va “Chanchun Yatay” klublarida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan. Bu yilgi mavsumda Samvel Babayan “Navbahor” klubi bosh murabbiyi Viktor Jalilovga yordamchi murabbiy sifatida ishlab kelayotgan edi.
Avvalroq milliy terma jamoamiz yirik hisobda g‘alaba qozongani va FIFA reytingida O‘zbekiston termasi nechanchi o‘rinda borayotgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







