Farg‘onada gaz zapravka portlab ketdi
Oqibatda, besh kishi jarohatlandi.

Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz to‘ldirish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida ishchilar tan jarohat oldi. Bu haqida Toshloq tuman hokimligi maʼlum qildi.
Voqea 25-noyabr kuni soat 16:42 larda “Oltiariq gaz to‘ldirish” MCHJning avtomobillarga suyultirilgan gaz to‘ldirish shoxobchasida yuz bergan. Bunga gaz-havo aralashmasining chaqnashi sabab bo‘lgan. Portlash oqibatida tan jarohat olgan ishchilar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialiga davolanish uchun yotqizilgan. Gaz to‘ldirish shoxobchasining bino qismi zararlanmagan.
Hozirda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Avvalroq Navoiyda gaz quyish shoxobchasi portlab ketgani hamda Namanganda gaz quyish shохobchasi yongani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







