Eng dolzarb

Ichki ishlar vazirligi tarkibida jamoat xavfsizligiga masʼul yangi departamenti tuzildi

Bu davlat rahbarining 2021-yilning 26-martidagi Farmoniga muvofiq tashkil etildi.

Ichki ishlar vazirligi tarkibida jamoat xavfsizligiga masʼul yangi departamenti tuzildi

 

Hujjatga ko‘ra, bir nechta vazifalar Departament zimmasiga yuklatilgan.

 

Jumladan:

• ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi bo‘linmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish, kompleks tahlil qilish hamda ularga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish.

• jamoat tartibini saqlash faoliyatini tashkil etish, jamoat joylarida aholining xavfsizligini taʼminlashda ichki ishlar organlari kuch va vositalarini samarali boshqarish choralarini ko‘rish;

• ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyatini taʼminlash, profilaktik hisob va maʼmuriy nazoratdagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish ishlarini tashkil etish;

• voyaga yetmaganlar va yoshlar, ayniqsa, ularning uyushmagan qismi bilan manzilli tarbiyaviy va profilaktik chora-tadbirlarni samarali tashkil etish orqali ular orasida huquqbuzarliklarning oldini olish;

• yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash faoliyatini tashkil etish, yo‘l-transport hodisalarining barvaqt oldini olish, transport vositasini boshqarishga doir cheklovlarga rioya etilishini nazorat qilish;

• ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni ijro etishni taʼminlash, probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvorini nazorat qilish, ijtimoiy moslashtirish va qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish ishlarini tashkil etish.

 

Departament asosiy vazifalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tashkil etish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari B.T.Abdullayevga topshirilgan.

 

Maʼlumot uchun, IIV tarkibidagi mazkur bo‘lim "Jamoat xavfsizligi departamenti" deb ataladi.

 

Shuningdek, Farmonda bir oy muddatda tumanlararo patrul-post xizmati bo‘linmalarini tashkil etish meʼyorlarini ishlab chiqish chora-tadbirlari ham Ichki ishlar vazirligiga yuklatilgan. Bunda IIV Moliya vazirligi bilan birgalikda mazkur chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

 

Shuni taʼkidlash kerakki, endilikda profilaktika inspektorlarini vazifa va faoliyat yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan tadbirlarga jalb qilish taqiqlanadi. Faoliyatiga asossiz aralashish ham man qilingan.

 

Avvalroq So‘nggi 6 oy ichida 1,5 mln. kishi jamoat tartibini buzgani aniqlangani hamda Ichki ishlar organlari xodimlarining eng yaxshilari saralangani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"