Eng dolzarb

Uzr-maʼzur 5 foizlik kompensatsiya bilan yopiladi

UzAuto bekor qilingan mahsulotiga to‘langan summalarni qaytarishni boshladi.

Uzr-maʼzur 5 foizlik kompensatsiya bilan yopiladi

 

 

“UzAuto Motors” AJ “Chevrolet Captiva 5” avtomobilini yetkazib berish bo‘yicha bekor qilingan shartnomalarning mablag‘larini qaytaradi va kompensatsiyani amalga oshiradi" - deb yozadi kompaniya.

 

Eslatma. Kompaniya 2021-yilning 20 noyabr sanasida “Chevrolet Captiva 5” avtomobillarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar to‘xtatilgani haqida rasmiy bayonot bergan edi.

 

Mazkur bayonotda mijozlar murojaat qilgandan so‘ng 3 kun ichida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘langan barcha mablag‘lar to‘liq qaytarilishi yozilgan. Shuningdek, qo‘shimcha ravishda oldindan qilingan to‘lov summasining 5 foizi kompensatsiya sifatida taqdim etilishi ham ushbu bayonotda keltirilgan.

 

Kompaniya maʼlumotlariga ko‘ra, “Chevrolet Captiva 5” avtomobili bo‘yicha jami 461 ta shartnoma puli to‘langan.

 

Shundan 207 nafar xaridor “Chevrolet Captiva 5” avtomobili o‘rniga boshqa avtomobilni olishga qaror qilgan. 161 nafari esa to‘langan mablag‘ qaytarilishi uchun “Uzauto”ga ariza bergan.

 

Kompaniya xabarida yozilishicha, mazkur 161 nafar murojaatchilarning barchasi allaqachon pullarini qaytarib olishgan. Jami to‘lovchilarning qolgan 41 nafari ham o‘tgan kundan boshlab kompensatsiya sifatida taqdim etilgan 5 foizlik summani olib kelmoqda.

 

“Qolgan xaridorlar ham o‘z mablag‘lari va kompensatsiyani yaqin ikki-uch kun ichida olishadi”, - deyiladi kompaniya xabarida.

 

Avvalroq “Chevrolet Captiva 5” to‘xtatilgani sabab ko‘tarilgan bahs-munozaraga deputat Doniyor G‘aniyevning yechim bergani hamda monopolist isteʼmolchilar huquqlarini buzishda davom etayotgani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Uzr-maʼzur 5 foizlik kompensatsiya bilan yopiladi | Zamon.uz