"Real" taslim bo‘ladigan jamoalardan emas - Karlo Anchelotti
"Atletik"ga qarshi o‘yindan so‘ng "Real Madrid" bosh murabbiyi o‘z futbolchilarini maqtadi.

“Raqib juda yaxshi o‘ynadi. Ular 90 daqiqa davomida shiddatlilikni saqlab qolishdi. Yakunda bizga oson bo‘lmadi. Chidamlilik ustida ishlashimiz kerak, futbolchilar hal qiluvchi pallada juda charchab qolishdi. Ammo ikkinchi tomondan, ular o‘zlarining jangovar fazilatlarini ko‘rsatishdi. «Real Madrid» muammoga duch kelganda taslim bo‘ladigan jamoalardan emas”, - dedi Anchelotti o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.
Avvalroq “Real Madrid”ning 1-yanvargacha Mbappeni qo‘lga kiritmoqchi ekanligi, shuningdek, Tibo Kurtuaning mazkur jamoa bilan 5 yillik yangi shartnoma imzolagani xabar qilingandi.
Jamshidbek Amirov








