Frenk Lempard: “Men Abramovichni har doim hurmat qilganman”
“Chelsi” klubining sobiq futbolchisi va bosh murabbiyi Frenk Lempard jamoa xo‘jayini Roman Abramovich bilan hamkorlik qilish haqida gapirdi.

“Men “Chelsi” murabbiyi sifatida ishlagan vaqtimda Roman Abramovich bilan deyarli muloqot qilmaganman. Bu shart emas edi. Lekin, u doim klubni qo‘llab-quvvatlashini his qilganman. Jamoadan ketish masalasi esa klub xo‘jayiniga bog‘liq bo‘lgan. Men Abramovichni har doim hurmat qilganman. U bo‘lmaganida o‘zimning hozirgi darajamga chiqolmas edim”.
Eslatib o‘tamiz, 43 yoshli angliyalik mutaxassis shu yilning yanvar oyida “Chelsi” klubi boshqaruvini tark etgan edi.
Avvalroq Abramovich Azarni Londonga qaytarmoqchi ekanligi va jamoa xo‘jayinining “Bandit” laqabli samalyoti sotilishi haqida xabar berilgandi.







