Lifestyle

Shimoliy Koreyalik qizaloq taqiqlangan filmni tomosha qilgani uchun 14 yilga qamaldi

U Janubiy Koreya davlati tomonidan suratga olingan filmni ko‘rgani uchun jazolangan.

Shimoliy Koreyalik qizaloq taqiqlangan filmni tomosha qilgani uchun 14 yilga qamaldi

 

“The Man from Nowhere” (“Hech qayerlik odam”) filmi o‘smir uchun qimmatga tushdi. U 14 yilga axloq tuzatish ishlariga hukm qilindi.

 

Xususan, Shimoliy Koreya o‘tgan yili yangi mafkura va madaniyat to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Hatto ushbu  qonunga ko‘ra, Janubiy Koreya videolari va kontentini tarqatish o‘lim bilan jazolanishi mumkin. Shuningdek, filmlarni ko‘rish 15 yillik qamoq bilan yakunlanadi. 

 

O‘quvchi mazkur filmning atigi 5 daqiqasini ko‘rgani uchun jazolangan. Bu bilan hokimiyat qonunlarni qatʼiy ijro etish orqali qo‘rquv muhitini yaratishga harakat qilmoqda.

 

Qayd etilishicha, o‘quvchilarning  ota-onalari ham bu harakatlarda aybdor sanalib, jazolanishi mumkin.Shimoliy Koreya qonunchiligiga ko‘ra, “Agar mafkura va madaniyat qonuniga qarshi jinoyat ota-onalarning farzandlarini tarbiyalashdagi masʼuliyatsizligi tufayli sodir bo‘lsa, ota-onalar 100 000 vondan ( 85 dollar) 200 000 vongacha ( 170 AQSH dollari) jarimaga tortiladi” mazmunidagi moddalar bilan “boyitilgan”.

 

Maʼlumot uchun: Shimoliy Koreyalik askar Janubiy Koreyada mashhur bo‘lgan “BTS” raqsini ijro etgani uchun hibsga olingandi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya yangi qanotli raketalarni sinovdan o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Shimoliy Koreyalik qizaloq taqiqlangan filmni tomosha qilgani uchun 14 yilga qamaldi | Zamon.uz