Siyosat

Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrifi yakunlandi

Prezident tashrif yakunida Nur-Sultondagi Raqamli hukumat ofisi bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrifi yakunlandi

 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Bosh vaziri Asqar Mamin hamrohligida Nur-Sulton shahridagi EXPO ishbilarmonlik markazida joylashgan Raqamli hukumat ofisiga tashrif buyurdi. Bu xaqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd yetilishicha, ushbu muassasa joriy yil sentyabr oyida ochilgan. Uning tarkibiga Milliy tahlil markazi, Raqamli transformasiya markazi va Milliy loyiha ofisi kiradi.

 

Tashrif davomida ichki va tashqi savdo bo‘yicha tahliliy platforma imkoniyatlari namoyish qilindi. Uning yordamida oziq-ovqat narxlarini onlayn ravishda monitoring qilish va narx-navoning prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantirish mumkin. Bundan tashqari, ofis negizida innovatsiyalar va aerokosmik sanoat sohalaridagi loyihalar ishga tushiriladi.

 

“Davlatimiz rahbari situatsion markaz imkoniyatlari bilan ham tanishdi. Markaz barcha ma’lumotlar bazalariga ulanadi va hududlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi, bu esa real vaziyatni onlayn ravishda ko‘rish, masalan, mamlakatda emlash sur’atlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kuzatib borish imkonini beradi”, - deyiladi xabarda

 

Ofis mutasaddisi O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish, IT-parklar tashkil etish, dasturchilar tayyorlash, davlat xizmatlarini onlayn ko‘rsatish bo‘yicha qilinayotgan ishlarni e’tirof etib, Qozog‘iston ham shu yo‘ldan borayotganini aytib o‘tgan.

 

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga davlat tashrifi yakunlandi.

 

 

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrifi yakunlandi | Zamon.uz