Denovdagi kuchli yong‘inda 9 kishi jarohatlandi
Hodisa joyiga Bosh vazir birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi hukumat komissiyasi safarbar etildi.

Bugun tungi soat 03:57da Denov shahri "Mustaqillik" ko‘chasida joylashgan 2 qavatli "Indenim" savdo majmuasi binosida chaqnash sodir bo‘ldi.
Soat 04:02 da voqea joyiga Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari yetib borgan. Portlash natijasida sodir bo‘lgan yong‘in soat 04:25 da batamom o‘chirilgan.
Tan jarohati olgan 9 nafar fuqaro yaqin atrofdagi shahar shifoxonasiga yotqizilgan.
Hodisa joyiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi safarbar etilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Angrenda ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqqqani, 25 kishi evakuatsiya qilingani hamda Ozoda Nursaidovani tug‘ilgan kunida gaz orqali shishirilgan sharlar portlab ketgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







