Salomatlik

Ayollar uchun foydali uch mahsulot

Bekalarimiz uni har kuni isteʼmol qilishi zarur.

Ayollar uchun foydali uch mahsulot

 

Har bir insonning ovqatlanish tartibi, sifatli va kerakli vaqtda nima isteʼmol qilishi salomatlik uchun nihoyatda muhim bo‘lishi mumkin. Tanada uni boshqaruvchi gormonlar mavjud va ularni organizmda uzoq vaqt tutib turish foydadan holi emas.

 

Ayni damda Siz ayrim suyuqlik, choylar orqali gormonlarni rivojlantirish va ularni maʼlum vaqtga saqlab qoluvchi tabiiy usullarni bilib olasiz.

 

Limon sharbati va undan tayyorlangan mahsulotlar

 

Limonli iliq suv ozishga, organizmdan toksinlarni olib tashlashga, immunitetni, terining holatini va ovqat hazm bo‘lishini yaxshilashga yordam beradi.

 

Bundan tashqari,  limon to‘yinganlik gormoni - leptinga taʼsir ko‘rsatishi mumkin. Agar u muvozanatda bo‘lmasa, tanada yog‘li birikmalar to‘plana boshlaydi.

 

Bunday holatlarning oldini olish uchun, yarimta limon sharbati siqib olinadi va ustiga qaynoq suv quyib, ozgina sovitiladi. Bir nafasda ichgan maʼqul. Tongingizni  shu ichimlik bilan boshlash yaxshi samara beradi..

 

Malina bargli choy

 

Malinali bargli choy  — ayollarning reproduktiv tizimini tartibga soladi. Ular bachadonni kuchaytiradi, hayz ko‘rish, tug‘ish va menopauza klimeksni osonlashtiradi.

 

Ushbu choy g‘ayritabiiy kuch beradi va qahvaning o‘rnini bosishi mumkin. Har kuni 3 stakan ichish, gormonlarni tartibda soladi.

 

Choyni tayyorlash retsepti oddiy: 1 osh qoshiq malinaning barglari (quruq) ustiga 200 ml qaynoq suv solinadi va 10 daqiqa dimlab qo‘yiladi. Ertalab va kunduzi ichgan yana-da foydali.

 

Kurkumali sut

 

Eng mashhur va barchamizga maʼlum retsept. Uni  “oltin sut” deb ham atashadi. Ushbu ichimlik barcha gormonlarni muvozanatlashtiradi, immunitetni mustahkamlaydi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, shamollashni davolaydi.

 

Tayyorlanish tartibi: 200 ml issiq sutga   1, 2 qoshiq kurkuma solinadi, taʼmga ko‘ra asal ham solish mumkin. Ushbu ichimlikni tunda ichgan maʼqul.

 

Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.