Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti BMT maxsus ma’ruzachisini qabul qildi

Uchrashuvda inson huquqlari sohasida, zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi kurash borasidagi dolzarb kun tartibi yuzasidan ochiq va konstruktiv muloqotni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti BMT maxsus ma’ruzachisini qabul qildi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 dekabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining terrorizmga qarshi kurashish sharoitida inson huquqlari va asosiy erkinliklarini rag‘batlantirish va himoya qilish bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Fionnuala Ni Aolaynni qabul qildi.


Yetakchi xalqaro tuzilmaning yuqori darajali vakili davlatimiz rahbari tomonidan BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan tashabbus va takliflarni amalga oshirish doirasida mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turibdi.

 

Hamkorlik samarali tus olgani, mamlakatimiz ushbu muhim yo‘nalishlarda katta muvaffaqiyatlarga erishgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Xususan, O‘zbekiston BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining (IHK) to‘la huquqli a’zosi bo‘ldi, uning ishida faol ishtirok etmoqda. Kelgusi yilda O‘zbekiston tomoni ushbu ixtisoslashtirilgan institutning rahbarlik organlarida vakillik qiladi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha milliy strategiya doirasida yurtimizda gender tenglik, so‘z va din erkinligini ta’minlash, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar faol amalga oshirilmoqda.

 

BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi ratifikasiya qilindi. O‘zbekiston tashabbusi bilan IHKning pandemiya davrida yoshlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi rezolyusiyasi qabul qilindi, tegishli konvensiya ishlab chiqilmoqda.

 

Xavfsizlik sohasida qator asosiy qonunlar qabul qilingan, yaqinda besh yilga mo‘ljallangan Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha strategiya tasdiqlandi.

 

Maxsus ma’ruzachi O‘zbekistonning “Mehr” operasiyasi doirasida fuqarolarni mamlakatga qaytarish, reabilitasiya va reintegrasiya qilish borasidagi sa’y-harakatlarini yuksak baholadi. Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashdagi yangi yondashuvlar alohida qayd etildi.

 

Suhbat chog‘ida yaqin hamkorlikni, eng avvalo, fuqarolik jamiyati institutlari o‘rnini mustahkamlash, xotin-qizlar va yoshlar o‘rnini kuchaytirish, qonunchilikni takomillashtirish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha dastur va loyihalarni amalga oshirishda texnik ko‘mak va yordamni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

 

O‘zbekistonning BMT organlari va huquqni himoya qilish institutlari bilan sherikligini mustahkamlashga qaratilgan qator qo‘shma xalqaro tadbirlar o‘tkazishga kelishib olindi.

 

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti BMT maxsus ma’ruzachisini qabul qildi | Zamon.uz